Joriy yilning 11 noyabr kuni Moskva shahridagi Tatar madaniy markazida (Maly Tatarskiy per., 8-uy) Rossiya Federasiyasida yagona bo`lgan NikahFest nikoh va musulmon to`yi festivali o`tkaziladi.
Ushbu tadbir bu yil uchinchi marta o`tkazilayotgan bo`lib, uni tashkil etishdan maqsad yoshlarning ana`nalar va nikoh madaniyati bilan tanishtirish ekani aytilgan.
Festival doirasida Rossiyada yashovchi musulmon millatlarning turli nikoh marosimlari haqida ma`lumot beriladi. NikahFest doirasida nikoh to`yi sanoati vakillarining ishlari ham namoyish etiladi.
Festivalda imomlar va diniy soha vakillari tomonidan turmush qurish va nikoh masalasida yoshlarga tushuntirishlar berib o`tiladi.






