Xitoy hukumati Janubiy qutbda ilk doimiy ishlab turuvchi aeroport barpo qilmoqchi, deb xabar berdi kommersant.ru nashri.
Aeroport infratuzilmasi uchish yo`lagi va havo terminalini o`z ichiga oladi. Bu aeroportning paydo bo`lishiga bir necha yil bor.
Aeroport Antarktidaning sirtini muz qoplab turuvchi joyda barpo qilinadi. Ma`lum qilinishicha, Xitoy avvalroq muz qit`ada samolyotlarni favqulodda qo`ndirish uchun ikkita yo`lak qurgan.






