Butun dunyoga mashhur bo`lgan Tyusso xonim muzeyi yana bir eksponat bilan boyidi, deb xabar bermoqda Layf nashri.
Ushbu muzeyda aralash yakkakurash jangchisi Konor Makgregorning mum haykali paydo bo`ldi.
Makgregor muzeyda haykali qo`yilgan ikkinchi MMA jangchisi bo`ldi.
Birinchi marta UFC sobiq chempioni Chak Liddellning mum haykali qo`yilgan edi.






