Gollivudning eng mashxur aktyorlaridan biri bo`lmish Leonardo DiKaprio Netflix kompaniyasi bilan hamkorlikda suratga olinishi mo`ljallanayotgan “Virunga” nomli filmga prodyuserlik qiladigan bo`ldi. Ushbu film dunyo bo`yicha qirilib ketayotgan gorillalar haqida.
Film syujeti Kongo Demokratik Respublikasidagi hayvonot bog`larining biridagi holat tarzida suratga olinadi. Rejissyor Orlando fon Aynsidel. Ayni damda gorillalar o`rmonlarning kesilishi va ov tufayli qirilib ketmoqda. Shu sababli ularning qirilishiga qarshi kurashish, tirik qolganlarining esa hayotini saqlab qolish, ularning ko`payishiga yordam berish istagida ko`plab ishlar amalga oshirilmoqda. Suratga olinajak film ham ana shu mavzudagi loyihalarning biri sanaladi.
Eslatib o`tamiz, Leonardo Di Kaprio BMTning global iqlim muammolari bo`yicha elchisi etib tayinlangan.





