AsosiyDunyo

O`zbekiston hukumati a`zosi Rog`un GESining ishga tushirilishini kuzatadi

'O`zbekiston hukumati a`zosi Rog`un GESining ishga tushirilishini kuzatadi'ning rasmi

O`zbekiston suv xo`jaligi vaziri Shavkat Hamroev 16 noyabr kuni Tojikistonga boradi va Rog`un GESining birinchi agregati ishga tushirilishini shaxsan kuzatadi.

"O`zbekiston hukumati a`zosi Rog`un GESi qurilish maydoniga Tojikiston hukumati taklifi bilan kelmoqda", - deyilgan Asia-Plus bergan xabarda.

Tojikiston Rog`un GESining birinchi agregati ishga tushirilishi marosimida qatnashish uchun Qozog`iston, Qirg`iziston, Turkmaniston, Afg`oniston va Pokiston hukumatlariga ham taklifnomalar yo`llagan.

Marosimga, shuningdek, qo`shni davlatlar, xususan, CASA-1000 loyihasi ishtirokchilari, xalqaro tashkilotlar, chet el diplomatik vakolatxonalari, matbuot, shu jumladan, 30 ta etakchi xorijiy OAVlar vakillari taklif etilgan.

    Boshqa yangiliklar