Bugun, 21 oktyabr sanasida AQShda mashxur dizayner Oskar de la Renta 83 yoshida vafot etdi. Bu haqda Spletnik.ru nashri xabar beradi.
Uning o`limi sabablari haqida hech qanday ma`lumot yo`q, biroq shuni aytish lozimki, 2006 yili unga saraton tashxisi qo`yilgandi. 2013 yili esa u chet el ommaviy axborot vositalariga kasallikdan butunlay forig` bo`lgani aytgandi.
Aktyor Jorj Kluni va Amal Klunilarning to`ylaridagi kelin libosi Oskar de la Renta amalga oshirgan so`nggi dizaynerlik ishi bo`ldi.





