AsosiyJamiyat

Xorazmda 164 ta noqonuniy yo`lovchi tashish holati aniqlandi

Xorazm viloyatida yo`lovchilarni va jismoniy shaxslarning yuklarini tashish bo`yicha 164 ta noqonuniy holat qayd etildi, deb yozadi uz24.uz.

“Avtomobil transportida yo`lovchi va yuk tashish faoliyatini lisenziyalash” qonuni talablarini ta`minlash diorasida viloyat soliq boshqarmasi, shuningdek, Xorazm viloyat IIb YHXB bilan hamkorlikda reyd tekshiruvlari o`tkazildi.

Reyd davomida noqonuniy faoliyat bilan shug`ullanayotgan 164 nafar jismoniy shaxs aniqlandi. Noqonuniy yo`lovchi va yuk tashish faoliyati bilan shug`ullanayotgan ushbu jismoniy shaxslarga nisbatan bayonlar tuzildi va zarur choralar ko`rish uchun tegishli davlat organlariga topshirildi, deya xabar beradi O`zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi.

2014 yilning uchinchi choragi yakunlariga ko`ra viloyatda lisenziyalangan avtotransportlar soni 3670tani tashkil etadi. Xususan, 1881 ta yuk mashinasi, 385 ta avtobus, 220ta mikroavtobus, shuningdek 1184 engil avtomobillar.

Yo`nalishli taksilar uchun 1073 ta davlat raqami olingan bo`lsa-da, ularning 783tasi agentlikning bo`limiga lisenziya olish uchun hujjat topshirgan.

 

    Boshqa yangiliklar