1

Elmira Rahimjonova "Eng yaxshi ayol roli uchun" nominasiyasi g`olibi bo`ldi

Madaniyat 13.11.2018, 15:58
Elmira Rahimjonova "Eng yaxshi ayol roli uchun" nominasiyasi g`olibi bo`ldi

Qozog`istonning Olmota shahrida o`tkazilgan "Bastau" VI xalqaro festivalida "Turon" teatr-studiyasi aktrisasi Elmira Rahimjonova "Eng yaxshi ayol roli uchun" nominasiyasi g`olibi bo`ldi. Bu haqda "O`zbekkino" milliy agentligi xabar berdi.

Festivalda O`zbekiston nomidan Botir Abdurahmonov hamda Abduazim Ilhomjonovlar "Ona" nomli filmi bilan ishtirok etishgan edi. Tadbirda "Ona" filmi bosh rol ijrochisi Elmira Rahimjonova "Eng yaxshi ayol roli uchun" mukofotiga loyiq ko`rildi.

Festivalda Evropa, Osiyo va Amerikada 2017-2018 yillarda suratga olingan qisqa metrajli badiiy, hujjatli va animasion filmlar qo`yildi. Tadbir doirasida taniqli kinematograflar ishtirokida mahorat darslari, davra suhbatlari o`tkazildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1