AsosiyDunyo

Argentinada 12 soatda 11 000 ta pissa tayyorlandi

'Argentinada 12 soatda 11 000 ta pissa tayyorlandi 'ning rasmi

Argentinaning Buenos-Ayres shahrida oshpazlar 12 soat davomida 11 000 ta pissa tayyorlab, dunyo rekordini o`rnatishdi, deya yozmoqda Tvzvezda.ru nashri.

Buning uchun mamlakatning 400 ta eng yaxshi pissa tayyorlovchi oshpazlar bir joyga to`plangan. 3 tonna un, 3 tonna mozzarelane, 2 tonnadan otiq pomidor sousi, 150 litr suv va 88 mingta zaytundan foydalanilgan. Har bir pissaning diametri 30 santimetrdan iboratdir.

Ushbu holat Ginnesning rekordlar kitobiga ham kiritildi. Tayyor pissalar sotuvga qo`yilgan bo`lib, savdodan tushgan mablag` hayriya tashkilotlariga beriladi.

    Boshqa yangiliklar