AsosiyDunyo

Misrda haram mushuklari qabrlari topildi

'Misrda haram mushuklari qabrlari topildi 'ning rasmi

Misrning Qohira shahri yaqinidagi Sakkara hududida ilmiy izlanishlar olib borayotgan arxeologlar qadimgi Misr davriga oid bir nechta qabrni topishdi, deb xabar qilmoqda Lenta.ru nashri.

Qabrlarda esa mumiyolangan hayvonlar bo`lgan. Xabarlarga ko`ra, mumiyolangan hayvonlarning yoshi 4 mingda. Ularga faqat haramlarda bo`lgan mushuklar dafn etilgan. Bundan tashqari, sag`analardan yuzlab mumiyolangan ilonlar, timsohlar, sherlar jasadlari borligi aniqlangan.

Mazkur artefaktlarni 15 noyabrdan boshlab Sakkara hududida joylashgan muzeyda tomosha qilish mumkin. Ko`rgazma bir oy davom etadi.

    Boshqa yangiliklar