Texas shtati fuqarosi Kimberli Santlben-Stitel (Kimberly Santlben-Stiteler) o`zining nikoh shartnomasini bekor qilinishini ajoyib tarzda nishonladi, deya xabar qilmoqda Fox News nashri.
43 yoshli ayol 14 yil avval to`y marosimida kiygan nikoh ko`ylagiga portlovchi moddalarni o`rnatgan va uzoq masofadan turib, miltiq bilan otib portlatgan.
Ma`lum bo`lishicha, u turmush o`rtog`ining aldovlaridan charchagan ekan.






