AsosiyJamiyat

24 oktyabr tunida Uzcard tizimi yangi platformaga o`tkaziladi

Yagona umumrespublika prosessing markazi 24 oktyabr kuni 00:30 dan 06:30 ga qadar Uzcard terminallarida prosessing markazi bilan aloqaning yo`qolishi holatlari kuzatilishi haqida ogohlantirdi. Bu haqda Markaz matbuot xizmati xabar berdi.

Xabarda ushbu holat Uzcard banklararo to`lov tizimi ma`lumotlar bazasini yanada unumdor apparat platformasiga ko`chirish bo`yicha ishlar olib borilishi bilan bog`liqligi ta`kidlandi.

    Boshqa yangiliklar