AsosiyJamiyat

Toshkentda tramvay relsdan chiqib ketdi

Toshkentning Shastri ko`chasida tramvay relsdan chiqib ketdi va chap tomoni bilan simyog`ochni turtib yubordi, deya xabar bermoqda Facebook’dagi «Voditeli Tashkenta» («Toshkent haydovchilari» guruhi a`zolari.

Xabarga ilova qilingan suratlarda tramvayning rels tashqarisidagi toshlarga botib qolganini, bir guruh kishilar (aftidan tramvay yo`lovchilari) uning atrofini o`rab olganini ko`rish mumkin. «Hodisada hech kimga jabr etmadi», — deb yozadi muallif.

Postga fikr bildirganlarning ba`zilari tezlikni oshirish tufayli navbatdagi ko`ngilsizlik ro`y berganidan norozi bo`lgan bo`lsa, ayrimlar buning tezlik bilan aloqasi yo`qligini ta`kidlagan.

Guruh a`zolaridan biri ushbu tramvay yo`lining aynan shu qismi notekis ekanligini qayd etgan. Yana bir foydalanuvchining ta`kidlashicha, u erda relslar erga keragidan ko`ra chuqurroq qilib o`rnatilgan.

Ta`kidlash joiz, bu haqda rasmiy ma`lumot berilmagan.

    Boshqa yangiliklar