Germaniya iqtisodiyoti 2018 yilning uchinchi choragida 0,2 foizga kamaygan, deb xabar bermoqda Ren.tv nashri.
Bu esa mamlakatda so`nggi 3 yil ichida iqtisodiyotning ilk qisqarishidir. Ta`kidlanishicha, Germaniya yalpi ichki mahsuloti hajmining pasayishi 2015 yilning ilk choragidan beri choraklik muddatda birinchisiga aylandi. Ekspertlar prognozlariga ko`ra, yalpi ichki mahsulot hajmi 0,1 % ga pasaygan. Xususan, iyul oyidan sentyabrgacha Germaniyada eksport kamaygani qayd etildi. Mamlakatda yalpi ichki mahsulot hajmining kamayishi avtomobilsozlik sanoatidagi rekord yo`qotishlar tufayli yuz berdi.






