Markaziy Amerika mamlakatlaridan AQSh tomon harakatlanayotgan migrantlar karvoni AQSh va Meksika chegarasiga etib keldi, deb xabar berdi Lenta.ru nashri.
O`nlab muhojirlar Tixuanadagi chegara to`sig`i ustiga chiqib olishgan. Ulardan biri AQSh tomonga sakrab tushgan, biroq ko`p o`tmay orqasiga qaytgan. Muhojirlarning bu hatti-harakatlari ortidan AQSh chegara xizmati zobitlari kuzatib turishgan. AQSh prezidenti Donald Tramp mamlakatga noqonuniy muhojirlar kirishiga yo`l qo`ymaslik uchun Meksika bilan chegarada 15 mingga yaqin harbiy joylashtirganini ma`lum qilgan edi. Hozirda 350 odamdan iborat ilk guruh chegara to`sig`i oldida turibdi.






