“Barselona”ning hujumchisi Lionel Messi dunyodagi eng ko`p haq to`ladigan futbolchi ekanligi ma`lum bo`ldi, deya ma`lum qildi Gazeta.ru nashri.
Argentinalik forvardning maoshi yiliga 40 mln. evroni tashkil etadi. Ikkinchi o`rinda “Turin”ning hujumchisi Krishtianu Ronaldu (31 mln. evro) turibdi. Uchinchi o`rin esa Neymarga nasib etgan (30 mln. evro).