AsosiyDunyo

AQShda turistlar avtobusi YTHga uchradi

'AQShda turistlar avtobusi YTHga uchradi 'ning rasmi

AQShning Memfis shahri yaqinida yana bir YTH sodir bo`ldi, deya ta`kidlamoqda Ren.tv nashri.

Olingan xabarlarga qaraganda, sayyohlar avtobusi halokatga uchragan. Uning bortida bo`lgan 2 nafar turist voqea joyida hayotdan ko`z yumdi. Yana 2 kishi esa og`ir jarohat olib kasalxonaga olib ketilgan. Avtobus ko`prikdan o`tgach, yo`l chetida ag`darilib ketgan. Dastlabki olib borilgan tergov natijalariga ko`ra, hodisaga qor yoqqani tufayli yo`lning sirpanchiq ekani sabab bo`lgan.

    Boshqa yangiliklar