Xitoyning Pekin shahri ayni kunlarda zaharli qalin tutun bilan qoplangan, deya yozmoqda Topnews.ru nashri.
Shu tufayli shaharda xavfning sariq darajasi e`lon qilindi. Mutaxassislarning bergan ma`lumotiga ko`ra, havo indeksi 311 ballni tashkil etmoqda. Aslida esa Jahon Sog`liqni Saqlash Tashkiloti standartlariga ko`ra, bu ko`rsatkich 50 ballgacha bo`lishi lozim. Hozirda Pekin havosidan nafas olish o`pka va nafas olish tizimi uchun zararlidir.






