1

Yosh rejissyorlarning "DEBYuT-2018" V Respublika ko`rik-festivali ochildi

Madaniyat 16.11.2018, 14:31
Yosh rejissyorlarning "DEBYuT-2018" V Respublika ko`rik-festivali ochildi

Madaniyat vazirligi hamda O`zbekiston Respublikasi Teatr Arboblari uyushmasi hamkorligida Yosh rejissyorlarning “Debyut-2018” V Respublika ko`rik-festivali o`tkazilmoqda. Bu haqda Madaniyat vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.

Ushbu ko`rik festival 15-20 noyabr kunlari o`tkazilishi belgilandi. Ko`rik-festivalini o`tkazishdan maqsad, yosh rejissyorlar, yosh aktyor, dramaturg va sahna rassomi sohalari bo`yicha ijodkorlarni aniqlash, ularning iqtidorini yuzaga chiqarish, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni tarannum etuvchi badiiy barkamol sahna asarlari yaratishlari uchun yosh ijodkorlarda tajriba va professional mahoratning shakllanishiga ko`maklashish va rivojlantirishdir.

Kecha, 15 noyabr kuni soat 17:00da O`zbek milliy akademik drama teatri foyesida teatr aktyorlari turli obrazlarda festivalga tashrif buyurgan mehmonlarni kutib olishdi, turli ko`rgazmalar tashkil etildi, so`ng Madaniyat vazirligi boshqarma boshlig`i va teatrning ustoz ijodkorlari tomonidan “Debyut-2018” V Respublika ko`rik-festivalining tantanali ochilishi bo`lib o`tdi.

alt

Yosh ijodkor rejissyor tomonidan Chingiz Aytmatov asari asosida sahnalashtirilgan “Oq kema” spektali namoyish etildi.

Eslatib o`tamiz, besh kun davomida o`tadigan “Debyut-2018” V Respublika ko`rik-festivaliga tomoshabinlarni kirishi bepul.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1