AsosiyDunyo

Tarixiy voqea: Imomali Rahmon Rog`un GESini ishga tushirdi

'Tarixiy voqea: Imomali Rahmon Rog`un GESini ishga tushirdi'ning rasmi

Tojikiston prezidenti Imomali Rahman Rog`un GESini ishga tushirdi, deb xabar qildi Sputnik.

Tantanali ochilish marosimida qo`shni davlatlar vakillari qatnashdi, xususan CASA-1000 loyihasi davlat a`zolari, xalqaro tashkilotlar, xorijiy davlat vakolatxonalari va 30 ta etakchi xorijiy OAVlar.

Rog`un GES qurilishi 1976 yilda boshlangan.

Rog`un gidroelektrostansiyasi – Vaxsh daryosidagi 9-chi kaskada GES hisoblanadi. U Dushanbedan 110 km sharqda joylashgan. GES loyihasi bo`yicha u 6 ta agregatdan iborat, har birining quvvati 600 MVtni tashkil qiladi.

Stansiya tosh to`g`onining balandligi 335 metrni tashkil qiladi. U dunyoda bunday turdagi GESlar orasida eng baland bo`ladi. Loyiha bo`yicha stansiya quvvati 3600 MVt tashkil qilib, u Markaziy Osiyoda eng yirik GES bo`ladi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar