Portugaliya terma jamoasining sardori va Italiyaning “Yuventus” jamoasining hujumchisi Krishtianu Ronaldu yaqin kunlarda uylanadi.
Britaniyaning The Mirror xabar qilishicha, u ispaniyalik model Jordjina Rodriges bilan unashtirildi.
Sportchi o`z yoriga ularning Alana Martina qizi tug`ilgandan keyin bir yil o`tib, oila qurishni taklif qilgan.
Aytgancha, Djordjina Ronalduning uch nafar farzandini - bir yashar egizaklari Eva i Matteo hamda Krishtianu-kichik katta o`g`lini ham tarbiyalamoqda.
Eslatib o`tamiz, Krishtianuning uylanishi haqidagi xabarni qator OAV bahor oyidan ma`lum qilib kelayotgan edi. Juftlik o`z munosabatlarini Rossiyada futbol bo`yicha jahon chempionatidan keyin rasmiylashtiradi deb ta`kidlab kelishayotgan edi.






