Saudiya Arabistoni Bosh prokuraturasi jurnalist Jamol Qoshiqchining o`ldirilishi bo`yicha ish yuzasidan besh nafar shaxsga o`lim jazosini talab qildi, deb xabar bermoqda Segodnya.ua nashri.
Bosh prokuratura bayonotida aytilishicha, jurnalistning jasadi Saudiyaning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi binosida bo`laklab tashlangan. Qotillardan biri diplomatik missiya binosida videokuzatuv kameralarini ishdan chiqargan. Saudiya Arabistoni razvedka xizmati boshlig`ining sobiq o`rinbosari Qoshiqchini o`ldirish uchun guruh tuzish haqida buyruq bergan. Ar-Riyod podshohlik kengashi maslahatchisi lavozimidan bo`shatilgan Saud al-Qahtoniyga Saudiya Arabistonini tark etishi taqiqlandi.






