AsosiyDunyo

Mariya-Antuanettaga tegishli zargarlik buyumlari kimoshdi savdosiga qo`yildi

'Mariya-Antuanettaga tegishli zargarlik buyumlari kimoshdi savdosiga qo`yildi 'ning rasmi

Jenevadagi savdo uyida Fransiya qirollik oilasi vakili Mariya-Antuanettaga tegishli zargarlik buyumlari kimoshdi savdosiga qo`yildi, deya xabar qilmoqda Lenta.ru nashri.

Ular orasida olmoslar bilan bezatilgan marvarid va zirak bor. Taqinchoqlar rekord darajada 42,7 million dollarga sotilgan. Tashkilotchilarning fikricha, ushbu buyumlarga qiziqishning yuqoriligiga sabab malikaning fojiali o`limidir. Xaridorlar haqida ma`lumotlar yo`q. Mariya-Antuanetta Avstriya malikasi bo`lib, keyinchalik Fransiya qiroli Lyudovik XVI ga turmushga chiqqan.

    Boshqa yangiliklar