AsosiyJamiyat

O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining majlisi to`g`risida axborot

2014 yil 21 oktyabrda Vazirlar Mahkamasining joriy yilning 9 oyida respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlarini muhokama qilishga hamda 2014 yilning 17 yanvarida respublika Hukumati majlisida O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov tomonidan belgilab berilgan 2014 yilgi iqtisodiy dasturning eng muhim yo`nalishlari va ustuvor vazifalarini amalga oshirishga bag`ishlangan majlisi bo`lib o`tdi, deya xabar beradi O`zA.
Majlisda tarkibiy qayta o`zgartirishlarni yanada chuqurlashtirish va iqtisodiyotni modernizasiyalash, mamlakatni rivojlantirishning belgilangan makroiqtisodiy ko`rsatkichlariga, shu jumladan, ishlab chiqarish, investisiyalar, eksport hamda iqtisodiyotning eng muhim tarmoqlari va sohalarini rivojlantirish dasturlarining prognoz parametrlariga erishishni ta`minlash, shuningdek, aholi bandligini, hayoti darajasi sifatini uzluksiz oshirish ishlarining natijalari har tomonlama ko`rib chiqildi va chuqur tahlil qilindi.

    Boshqa yangiliklar