AsosiyJamiyat

IIV Toshkentdagi dorilar omborida chiqqan yong`in yuzasidan rasmiy ma`lumot berdi

2014 yil 21 oktyabr kuni soat 4:04 da Toshkent shahar Olmazor tumani Bayroqtol ko`chasidagi 15-uyda joylashgan MTEGRA MChJga qarashli binoda yong`in sodir bo`ldi, deya xabar bermoqda O`zbekiston ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati.

Yong`in o`z vaqtida etib kelgan o`t o`chiruvchilar tomonidan tezda o`chirildi. Qurbonlar va jarohatlanganlar yo`q.

Xabarda qayd etilishicha, baxtsiz hodisaga qisqa tutashuv sabab bo`lgan.

Yong`in natijasida mazkur binoda ijarada faoliyat ko`rsatayotgan ASKLEPIY, GESTIYA BUSINESS, AMIK PHARM, NEVILLE SERVIS, PHARM ABIDI INT va NIKA FARM korxonalari binolari va ichida dori-darmon mahsulotlari bo`lgan jami 5000 metr² maydon zarar ko`rgan.

Ayni paytda yong`in oqibatida etkazilgan zarar miqdori aniqlanmoqda.

    Boshqa yangiliklar