AsosiyJamiyat

Ikki talonchi Toshkentdagi «Qo`yliq» buyum bozorida chinozlikning Samsung telefonini olib qochdi

Toshkent viloyatining Chinoz shahridan bo`lgan kishi poytaxtdagi «Qo`yliq» buyum bozori hududida ketayotganida uning yo`lini ikki noma`lum shaxs to`sdi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligining «Postda» gazetasi xabar bermoqda.

Noma`lum shaxslar chinozlikni qo`rqitib, 295 ming so`m puli hamda Samsung uyali telefonini tortib oldi va voqea joyidan yashirindi.

Voqeadan xabar topgan ichki ishlar idoralari xodimlarining zudlik bilan amalga oshirgan tegishli chora-tadbirlari natijasida talonchilikni sodir etganlar qo`lga olindi.

    Boshqa yangiliklar