1928 yilning noyabr oyida katta ekranlarda “Villi paroxodchasi” nomli multfilmda barchaning sevimli multqahramoni Mikki Maus ilk bor paydo bo`lgan edi, deya xabar berdi Vesti nashri.
Oradan 90 yil o`tdiki, Mikki hamon katta ekranlardan ham, zangori ekranlardan ham tushmaydi.
1932 yili Uolt Disney Mikki Maus obrazini yaratgani uchun maxsus “Oskar” bilan taqdirlangan edi.
1978 yili esa sichqoncha Gollivuddagi Shon-shuhrat alleyasida yulduziga ega bo`lgan ilk animasion personajga aylandi.