19—25 noyabr, 2018 yil
Hamal
Rejalashtirib qo`ygan ishlaringizni ko`ngildagidek amalga oshirib, o`zingizni qushdek engil his etasiz. Albatta, mehnatga yarasha rag`bat ham bor. Ishlaringiz tig`izligini yaqinlaringizga to`g`ri tushuntiring. Aks holda ular sizdan gina qilib yurishlari mumkin. Yakshanba kuni hech qanday ishni rejalashtirmay, maroqli hordiq chiqaring.
Savr
Yaqinlaringiz muvaffaqiyatidan xursand bo`lasiz. Ularning muhabbati sizga kuch bag`ishlaydi. Moliyaviy muammolarni o`ylab, tashvish chekmang. O`ylaganingiz bilan foydasi yo`q. Undan ko`ra uni bartaraf etish yo`llarini izlab toping. Atrofdagilardan shirin so`zingizni qizg`anmang. Eski ginalarni eslab, kek saqlab o`tirsangiz vaziyat yanada chigallashishi mumkin.
Javzo
Ishda sizga qo`shimcha vazifalar yuklanishi mumkin. Bildirilgan ishonchni oqlashga hµarakat qiling. Bu qo`lingizdan keladi, albatta. Sizda bilim ham, iste`dod ham etarli. Ulardan to`g`ri foydalanishga harakat qiling. Aks holda qulay imkoniyatlarni boy berib qo`yishingiz mumkin. Haftaning ikkinchi yarmida do`stlar bilan uchrashib, muhim masalalar borasida maslahatlashib olasiz.
Saraton
Etakchilik qobiliyatingizni ko`rsatib qo`yish vaqti keldi. Qachongacha jim o`tirasiz?! O`rningizdan turingu tezda ishga kirishing. Bunday imkoniyat boshqa bo`lmasligi mumkin. Pul bilan bog`liq muammolarni esingizdan chiqarasiz. Katta xaridlar qilib, xursand bo`lasiz. Sevgi-muhabbat bobida hozircha hech bir yangilik yo`q.
Asad
Hafta yoqimli uchrashuvlarga boy bo`ladi. Bundan ruhlanib, barcha ishlarni a`lo darajada amalga oshirasiz. Yulduzlar sizga aniq reja tuzib olishni maslahat berishyapti. Bu o`zingizni ortiqcha urintirib charchab qolmasligingiz uchun. Shu bois vaqtida ishlab, vaqtida dam oling. O`zingizga-o`zingizg`amxo`rlik qilmasangiz boshqalar sizni o`ylamaydi.
Sunbula
Bilim va ko`nikmangizni oshirish uchun qulay fursat tug`iladi. Yangi tanishlar orttirib, o`zaro tajriba almashasiz. O`rganganlaringizni amaliyotda sinab ko`rasiz. Shaxsiy hayotingizga yangiliklar olib kirish istagi paydo bo`ladi. Bu boradagi rejalaringizni ikkilanmasdan amalga oshiravering. Ayni dam buning uchun qulay fursatdir.
Mezon
Dardingizni birovlarga doston qilganingiz bilan tashvish arimaydi. Undan ko`ra, muammoni hal etish yo`llarini axtaring. Buning uchun sizda hamma narsa bor: bilim ham, tajriba ham. Faqat o`zingizga ishoning. Barchasini a`lo darajada uddalaysiz. Balki kichik biznes yo tadbirkorlikda omadingizni sinab ko`rarsiz. Dam olish kunlari oilaviy sayohatga chiqishingiz kutilmoqda.
Aqrab
Hafta davomida kayfiyatingiz ko`tarinki bo`ladi. Yangi do`stlar bilan tanishib, o`zaro tajriba almashasiz. Bu kelajakdagi yutuqlaringizga asos bo`lib xizmat qilishi aniq. Moddiy ahvolingiz ham yaxshilanadi. Hafta so`ngida uyingizda yangiliklar joriy qilish istagi tug`ilishi mumkin. Fantaziyangizni ishga soling. Bu borada oilangiz ham sizni qo`llab-quvvatlaydi.
Qavs
Ziddiyatlarning oldini olishga harakat qiling. Yon-atrofdagilar bilan xushmuomala bo`ling. Ular bilan baµslashib, haq ekaningizni isbotlashga urinmang. Agar biror shartnoma imzolashni rejalashtirib qo`ygan bo`lsangiz, uni vaqtincha to`xtatib turganingiz ma`qul. Dam olish kunlari ochiq havoda sayr qilib, hordiq chiqaring.
Jadiy
Bir vaqtning o`zida bir nechta yangi loyiµani amalga oshirasiz. Natijasini ko`rib, albatta, xursand bo`lasiz. Hamkorlar bilan foydali shartnomalar imzolaysiz. Daromadingiz ham shunga yarasha bo`ladi. Biroq ortiqcha sarf-xarajatlardan hozircha tiyilgan ma`qul. Pulingizni sarflashdan ko`ra uni ko`paytirish borasida bosh qotiring. Ehtiyot bo`lish kerak – ishonuvchanligingiz sabab, pand eb qolishingiz mumkin.
Dalv
Ishlar ko`pligidan vaqtingiz tig`iz bo`ladi. Shuning uchun uni to`g`ri taqsimlang. Aks holda µech bir ishni oxirigacha etkazolmaysiz. Berilgan topshiriqlarni vaqtida bajaring. Juda muhim bo`lmasa, hozircha uchrashuvlarni bekor qilib, turganingiz ma`qul. Hatto qo`ng`iroqlarni ham. Shunda fikringiz boshqa narsalarga chalg`imaydi. Biror yordam kerak bo`lsa, tortinmay yaqinlaringizdan so`rang.
Hut
Boshliqlar mehnatingizni munosib baholamasliklari mumkin. Buni o`ylab, kayfiyatni tushirmang. Ko`ngilni to`q qilib, ishingizda davom eting. Vaqti kelib sizni tan olishadi, e`tirof etishadi.
Haftaning ikkinchi yarmida o`zingizni yolg`iz his etasiz. Yaqinlaringizni yo`qlab, holidan xabar oling. Ularning mehr-muhabbatini his qilganingiz sayin ruhingiz engil tortadi.