“PROlogue -2018” xalqaro kinofestivalining asosiy dasturiga kiritilgan filmlar ro`yxati ma`lum bo`ldi

Madaniyat 19.11.2018, 15:03
“PROlogue -2018” xalqaro kinofestivalining asosiy dasturiga kiritilgan filmlar ro`yxati ma`lum bo`ldi

PROlogue IV xalqaro kinofestivalining saralash komissiya 280 ta filmlar orasidan 31 ta filmni tanlab oldi.

Festivalning asosiy bosqichi 27 - 30 noyabr kunlari Toshkentda bo`lib o`tadi.Unda festival hakamlar xay`ati, ishtirokchilari bilan bir qatorda barcha xohlovchilar ham turli davlatlarning 8 ta to`liq metrajli hamda 14 ta qisqa metrajli filmlarini tomosha qilishlari mumkin bo`ladi. Festivalda AQSh, Turkiya, Rossiya, Janubiy Koreya, Polsha, Shvesiya, Falastin, Eron, Armaniston, Qirg`iziston, Qozog`iston, Tojikiston, Bosniya va Gersegovina, Peru, Fransiya va boshqa mamlakatlarning kartinalari ishtirok etadi.

Bundan tashqari, o`zbekistonlik yosh kinoijodkorlarning 9 ta qisqa metrajli filmlari ham namoyish etiladi.

Tanlovning asosiy dasturiga kiritilgan kartinalar ro`yxati:

To`liq metrajli badiiy filmlar xalqaro tanlovi

1.Meni yolg`iz qoldirma (Bosniya va Gersegovina, Turkiya, 2017, rej. Ayda Begich).

2.Mangulik (Peru, 2017, rej. Oskar Katakora).

3.Tungi avariya (Qirg`iziston, 2017, rej. Temirbek Birnazarov).

4.Golnesa (Eron, 2018, rej. Sattar Chamani Gol).

5.Sarvqomat dilbarim (O`zbekiston, Qirg`iziston, 2018, rej. Sarvar Karimov).

6.Arvoh (Qozog`iston, 2018, rej. Xuat Axmetov).

7.Mulla (Rossiya, 2018, rej. Amir Galiaskarov, Ramil Fazliev).

8.Kichkina fermer (Fransiya, 2017, rej. Xyubert Charuel).

Qisqa metrajli badiiy filmlar xalqaro tanlovi

1.Bonbon (Falastin, Livan, 2017, rej. Rakan Mayasi)

2.Ayirbosh (Turkiya, 2018, rej. Halil Ibrahim, Mexmet Kanadli)

3.Sodda g`oya (Eron, 2018, rej. Muhammadrizo Tehroniy)

4.Mening yangi yilim (Armaniston, 2018, rej. Arusyak Simonyan)

5.Toshko`mir (Qirg`iziston, 2017, rej. Evgeniy Chistyakov)

6.Asan (Qozog`iston, 2017, rej. Berik Jaxanov)

7.Maktab hovlilaridagi g`am (Shvesiya, 2017, rej. Mariya Erikson)

8.Zimistonga sho`ng`ib (AQSh, 2018, rej. Oliver Grano)

9.Mening ismim (Janubiy Koreya, 2018, rej. Chong-gil Xan)

10.Qulun (O`zbekiston, 2018, rej. Dilshoda Abduraximova)

11.Tanbur yig`isi (Tojikiston, 2018, rej. Anisa Sabiri)

12.Odamlarning gapi (Polsha, 2018, rej. Gjegoj Papjiski)

13.Instruksiya (Rossiya, 2017, rej. Violetta Moshkova)

14.Tolgau (Qozog`iston, 2018, rej. Ayan Nayzabekov)

Qisqa metrajli milliy badiiy filmlar tanlovi

1.Musavvir/ Xudojnik / The Artist (rej. Fotih Nasimov, 2018)

2.Choy / Chay / Tea (rej. Shokir Xoliqov, 2018)

3.Afsungarlar tuhfasi / Dar Volxvov / The Gift of The Magi (rej. Xusan Otaboev, 2017)

4.Jarohat / Rana / The Pain (rej. Aziz Mardonov, 2018)

5.Gunohkor / Greshnik / Sinful Soul (rej. Timur Suslin, 2018)

6.Ustoz / Uchitel / Teacher (rej. Mars Ornbasarov, 2018)

7.Favvora / Fontan / The Fountain (rej. Gulnora Ivanova, 2018)

8.Qush / Ptisa / The bird (rej. Maxliyo Askaralieva, 2018)

9.Yo`l / Put / The Road (rej. Jasur Rustamov, 2018)

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1