AsosiyDunyo

Amsterdamda ochilgan mikroorganizmlar muzeyida Ebola virusi modeli ham namoyishga qo`yildi

Niderlandiya poytaxtida Micropia deb nomlangan dunyoda birinchi mikroorganizmlar muzeyi ochildi. Bu erdagi ekspozisiyada tirik ob`ektlar bilan birga, multimediya taqdimotlari ham namoyish etilgan. 

Ushbu interaktiv muzey ko`proq laboratoriyani eslatadi. Unda barcha mikroorganizmlarni mikroskopda ko`rish va undagi tasvirlarni kattalashtirilgan ekranlarda tomosha qilish mumkin. Muzey uchun maxsus 3D-mikroskop ham ishlab chiqilgan bo`lib, uning yordamida tashrif buyurganlar tirik mikroblar qay tarzda harakatlanishini, ovqatlanishini tomosha qilishi imkoniga ega.

Muzey zallarining birida Ebola virusining yiriklashtirilgan modeli ham joy olgan.

Shuningdek, bu erda maxsus skaner mavjud bo`lib, unga qo`l kaftini qo`ygan holda terida qancha mikroblar yashashini va aynan terining qaysi joyida mikroblar ko`pligini bilib olish mumkin.

alt

Micropia muzeyini ochish uchun 12 yil hamda 10 million evro miqdorda mablag` talab qilindi, deb yozadi rusjev.net sayti.

uz24.uz

    Boshqa yangiliklar