Italiya qirg`oqlari yaqinida muhojirlar karvoni halokatga uchradi, deb xabar bermoqda 5-tv.ru nashri.
Qayiqlar Sardiniya oroli tomon yo`l olgan vaqtda ag`darilib ketdi. Voqea oqibatida 2 kishi qurbon bo`lgan va yana 8 nafari bedarak yo`qolgani xabar qilinmoqda. Ularning barchasi Jazoir fuqarolari bo`lgan. Hozirda ushbu hududda qidiruv-qutqaruv ishlari olib borilmoqda. Mazkur jarayonga Italiya havo kuchlari ham jalb qilingan. Rasmiy ma`lumotlarga ko`ra, yil boshidan buyon 1200 nafar jazoirlik O`rtaer dengizi orqali Italiyaga o`tishga uringan.






