UEFA millatlar ligasi guruh bosqichida Angliya va Xorvatiya terma jamoalari o`rtasida uchrashuv bo`lib o`tdi, deya xabar qilmoqda Lenta.ru nashri.
Unda Angliya jamoasi o`z raqiblarini 2:1 hisobida mag`lub etib, Millatlar ligasining yarim final yo`llanmasini qo`lga kiritgan. Uchrashuvda hisobni mehmonlar ochishdi. Angliya terma jamoasi kelgusi yilning iyunida bo`lib o`tadigan final turnirining Portugaliyadan keyingi ikkinchi ishtirokchisi bo`ldi. Xorvatiya terma jamoasi esa mag`lubiyat natijasida guruhda so`nggi — uchinchi o`rinni egallab «V» ligasiga tushib ketdi.






