Ijtimoiy tarmoqlarda "Tramadol" sotuvchilarini "samosud" qilish jarayoni tasvirlangan video tarqaldi va bu qizg`in muhokamalarga sabab bo`lgani haqida xabar bergan edik.
Toshkent shahar IIBBning ma`lum qilishicha, sudsiz jazolash (samosud) holati tasvirlangan videoni o`rganish ishlarini boshlandi. Mazkur videoga aloqador bo`lgan shaxslardan biri IIBB xodimlari tomonidan qo`lga olindi.
Mavjud ma`lumotlarga ko`ra, videoda tasvirlangan voqea sahnalashtirilgan bo`lib, hozirda uni tasvirga olganlarning shaxsini aniqlash ishlari olib borilmoqda.
Video joriy yilning fevral oyi oxirida tayyorlangan. Maqsad o`smir va yoshlar orasida "Tramadol" va "Lirika" preparatlarini tarqatayotganlarni qo`rqitish bo`lgan.
Ta`kidlanishicha, video sahnalashtirilgan bo`lsa ham IIBB tekshiruv ishlarini davom ettiradi.
"Videodagi odamlarni yoki ularning ovozini, videoni tayyorlagan odamni taniganlr bo`lsa, Toshkent shahar IIBB xodimlariga 71 281-90-91 va 71 281-91-92 telefon raqamlari orqali xabar berishingizni so`raymiz", - deyiladi xabarda.






