Bugun, 20 noyabr kuni O`zbekiston milliy terma jamoasi Avstraliyada Janubiy Koreya bilan o`rtoqlik uchrashuvini o`tkazadi. O`yin «Queensland Sport and Athletics Centre» stadionida bo`lib o`tadi va mahalliy vaqt bilan soat 20:00da (Toshkent vaqti bilan 15:00) boshlanadi.
Eslatib o`tamiz, Ektor Kuper shogirdlari Avstraliyadagi yig`in doirasida dastlabki o`yinni 15 noyabr kuni Livan terma jamoasiga qarshi o`tkazishgan va 0:0 hisobidagi durangni qayd etgandilar.
O`zbekiston terma jamoasi Avstraliyadagi yig`inda quyidagi tarkibda ishtirok etmoqda:
Darvozabonlar:
Ignatiy Nesterov (“Lokomotiv”)
Eldorbek Suyunov (“Paxtakor”)
O`tkir Yusupov («Qo`qon-1912»)
Himoyachilar:
Anzur Ismoilov (“Lokomotiv”)
Davron Hoshimov («Navbahor»)
Vladimir Kozak(“Paxtakor”)
Egor Krimes (“Paxtakor”)
Akmal Shorahmedov («Paxtakor»)
Islom To`xtaxo`jaev (“Lokomotiv”)
Doston Tursunov («Neftchi»)
Odil Hamrobekov («Nasaf»)
Oleg Zoteev («Lokomotiv»)
Yarim himoyachilar:
Ikrom Aliboev («Lokomotiv»)
Doston Hamdamov («Anji», Rossiya)
Aziz Turg`unboev («Navbahor»)
Husniddin G`ofurov (“Lokomotiv”)
Eldor Shomurodov(“Rostov”, Rossiya)
Otabek Shukurov (“Sharja”, BAA)
Javohir Sidiqov («Qo`qon-1912»)
Jaloliddin Masharipov («Paxtakor»)
Hujumchi:
Bikmaev Marat (“Lokomotiv”)
Eslatib o`tamiz, terma jamoamiz yanvar oyida BAA mezbonlik qiladigan Osiyo kubogida ishtirok etadi va mazkur yig`in qit`aning eng nufuzli musobaqaga tayyorgarlik vazifasini bajaradi.






