Avstraliyaning Brisben shahrida O`zbekiston milliy terma jamoasi ikkinchi o`rtoqlik uchrashuvi o`tkazdi. Birinchi o`yinda Livan bilan 0:0 hisobida durang qayd etgan vakillarimiz, bu safar Janubiy Koreyaga 4:0 hisobida mag`lub bo`ldi.
Ushbu o`rtoqlik o`yinlari terma jamoamiz murabbiylari uchun tarkibdagi futbolchilarni sinovdan o`tkazib olish uchun yaxshi imkoniyat bo`ldi. Endilikda mazkur uchrashuvlarda yo`l qo`yilgan xatolar va kamchiliklar tahlil qilinib, tegishli xulosalar chiqariladi.
Oldinda katta musobaqa - Osiyo Kubogi kutib turibdi. Umid qilib qolamizki, Osiyo Kubogida vakillarimiz chiroyli va mazmunli o`yinlari bilan muxlislarni xursand qilishadi.
O`rtoqlik uchrashuvi
O`zbekiston - Janubiy Koreya 0:4
Gollar: Nam Tae Xi (9), Xvang Ui Jo (24), Mun Son Min (70), Suk Xyun Jin (81)
O`zbekiston MTJ: 1.Ignatiy Nesterov - 2.Akmal Shorahmedov, 20.Islom To`xtaxo`jaev, 5.Anzur Ismoilov, 13.Oleg Zoteev - 7.Odiljon Hamrobekov, 16.Otabek Shukurov - 17.Doston Hamdamov (6.Husniddin G`ofurov, 74), 22.Javohir Sidiqov (8.Ikrom Aliboev, 64), 15.Aziz Turg`unboev (10.Marat Bikmaev, 46) - 14.Eldor Shomurodov.
Zaxira: 12.Eldorbek Suyunov, 25.O`tkir Yusupov, 19.Vladimir Kozak, 18.Doston Tursunov, 4.Davron Hoshimov, 3.Egor Krimes.
Janubiy Koreya MTJ: Jo Xyon Vu, Kim Yong Vun (Kvon Kyung Vun, 63), Jung Song Xyun (Park Ji Su, 82), Li Yong, Park Ju Xo (Xong Chul, 75), Xvang In Bom, Ju Se Jong, Nam Tae Xi (Mun Son Min, 51), Li Chung Yong (Li Jin Xyun, 75), Na Sang Xo, Xvang Ui Jo (Suk Xyun Jin, 69)






