O`zbekistonlik hakamlar muntazam ravishda xalqaro musobaqalar va o`rtoqlik uchrashuvlarini boshqarishga jalb qilinayotgani haqida avval xabar berib o`tgandik.
Jumladan, kecha Yaponiyada bo`lib o`tgan Yaponiya - Qirg`iziston o`rtoqlik uchrashuvini o`zbekistonlik Ilgiz Tantashev boshqarib bordi. Unga qanotlarda Abduhamidullo Rasulov va Jahongir Rasulov yordam berishdi. To`rtinchi hakam sifatida Ravshan Ermatov harakat qildi. Uchrashuvda hisob Yaponiya foydasiga 4:0 bo`ldi.
Shuningdek, Ravshan Ermatov Xitoy Kubogi finalini boshqarishi ham ma`lum bo`ldi. Unga qanotlarda Abduhamidullo Rasulov va Jahongir Rasulov yordam berishadi. Final o`yini 25 noyabr kuni «Beyszin Goan» va «Shandun Lunen» jamoalari o`rtasida bo`lib o`tadi.






