Bostondagi marafon chog`ida sodir bo`lgan terakt shuni ko`rsatmoqdaki, keng miqyosdagi ta`qib dasturlari hamma narsaga qodir Amerika maxsus xizmati tomonidan amalga oshirilmaydi. O`zining fosh qiluvchi dalillari bilan mashhur sobiq Amerika razvedkasi xodimi Edvard Snouden shunday fikrlarni bildirdi.
"Biz hujum qilishlariga yo`l qo`ydik, dalillarni qo`ldan chiqardik, tekshirish va kuzatuvlar hech qanday natijani bermadi. Chunki hukumat “hamma narsani to`pla” usulini qo`llamoqda. Hammani va hamma narsani bir vaqtning o`zida kuzatar ekanmiz, aniq bir narsani ko`ra olmaymiz. Chunki bir vaqtning o`zida hammani kuzatishning, ta`qib qilishning imkoni yo`q. Bostondagi portlash mana shunga yaqqol misol bo`ladi”, - deydi Snouden Garvard universitetidagi telekonferensiyadagi chiqishida.





