“O`zbekkino” MA tomonidan tasvirga olingan hujjatli film «Milliy teatr 100 yoshda» deb nomlanadi.
Unda O`zbekiston Milliy akademik drama teatrining tarixi va bugungi kuni haqida so`z boradi. Film premerasi teatrning yubiley tantanalari kunlarida bo`lib o`tadi.
Kartinaning postanovkachi rejissyori Aleksandr Gamirov.
«Biz teatrning 100 yilligiga bag`ishlab olingan ushbu film barcha avlod tomoshabinlariga manzur bo`lishiga harakat qildik», – deydi A.Gamirov “UT” nashriga.
35 daqiqa davom etadigan kartina teatr bosib o`tgan ijodiy yo`l haqida hikoya qiladi.
Filmdan taniqli aktyorlar va etakchi teatrshunoslarning ijodiy portretlari ham o`rin olgan. Tomoshabinlar ham teatr haqidagi o`z fikr-mulohazalarinibildirgan.
Eslatib o`tamiz, teatr o`z faoliyatini 1914 yilda boshlagan bo`lib, o`shanda Abdulla Avloniy “Turon” deb nomlanuvchi truppani tuzgan edi. Keyinchalik ushbu truppa professional dramatik teatrga aylandi, 1937 yildan esa hukumat qarori bilan unga Akademik teatr nomi berildi. O`zbekiston Milliy akademik drama teatri sahnasida komediya, drama, tragediya, klassik asarlar va hozirgi zamon mualliflarining postanovkalari namoyish etiladi. Spektakllar o`zbek tilida qo`yiladi.
22.10.2014 14:49





