AsosiySport

Xabib UFC bilan shartnomani uzaytirishdan bosh tortdi

'Xabib UFC bilan shartnomani uzaytirishdan bosh tortdi'ning rasmi

Engil vazn toifasida UFC chempioni Xabib Nurmagomedov tashkilot bilan shartnomasini uzaytirish istagida emasligini ma`lum qildi, deb yozmoqda Olamsport nashri.

Bunga UFCning Xabibga amerikalik engilmas bokschi Floyd Meyvezer bilan jang o`tkazish uchun ruxsat berilmagani sabab bo`lmoqda. Bu ma`lumotni rossiyalik jahon chempionining menejeri Ali Abdul-Aziz ham tasdiqladi.

“Nurmagomedov UFCprezidenti Dana Uaytning qarorlariga hurmat bilan munosabatda bo`ladi. UFC bilan shartnomasi bor ekan, qoidalarga amal qiladi. Lekin shartnoma yakuniga etishi bilan Xabib Meyvezer bilan bog`lanib, 2019 yilda o`tkazilishi kutilayotgan jang bo`yicha muzokara boshlaydi.

Agar Floyd MMA qoidalari bo`yicha jang o`tkazish istagida bo`lsa, o`zini hozirdanoq sug`urta qilib qo`ysin. Chunki, bu jangdan keyin u birovning yordamisiz yura olmaydi, suvni ham maxsus naychalar orqali ichadi”, - dedi Abdul-Aziz TMZ portaliga bergan intervyusida.

    Boshqa yangiliklar