AsosiyShou-biznes

Ledi Gaga “Betmen g`orini” 24 millionga sotib oldi

G`ayriodatiy qiliqlari bilan mashhur xonanda Ledi Gaga Malibudagi hovlini 24 million dollar evaziga sotib oldi, deya xabar beradi TMZ portali.  

Umumiy maydoni 954 kvadrat metr bo`lgan bu erga bir nechta yotoqxonalar, dengiz suvi to`ldirilgan basseyn va jakuzilar o`rnatilgan. Uyda ko`plab sport anjomlari ham mavjud. Uyga otxona ham qurilgan bo`lib, unga sakkizta ot joylashtirsa bo`ladi.

Ushbu bino 2005 yili mashhur arxitekor Stiv Janneti tomonidan bunyod etilgan bo`lib, dizayni Medlin Styuartga tegishli.

Uning oldingi egasi Betmen haqidagi filmlar bilan bog`liq o`yinchoqlarni ishlab chiqaruvchi kompaniyasi asoschisi Dan Romanellidir. Uning yashash joyini ramziy ma`noda “ko`rshapalaklar g`ori” deb atashgan.

    Boshqa yangiliklar