AsosiyJamiyat

Sifati kafolatlanmagan salqin ichimliklarning noqonuniy aylanmasiga chek qo`yildi

'Sifati kafolatlanmagan salqin ichimliklarning noqonuniy aylanmasiga chek qo`yildi'ning rasmi

Davlat bojxona qo`mitasining Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish boshqarmasi xodimlari Toshkent shahar Davlat soliq boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbir davomida sifati kafolatlanmagan salqin ichimliklarni noqonuniy aylanmasiga chek qo`yishdi.

Poytaxtimizning Shayxontoxur va Uchtepa tumanlaridagi ulgurji savdo do`konlarida Sh.R va A.D. tomonidan xorijda ishlab chiqarilgan, respublikamizga rasman import qilinmagan, temir idishda qadoqlangan mashhur brenddagi mahsulotlar va boshqa salqin ichimliklar iste`molchilarga sotilayotganligi aniqlandi.

Tekshirish davomida savdoga qo`yilgan, kirim hujjatlari bo`lmagan, umumiy qiymati 64,5 mln. so`mlik 8621 dona 29 turdagi salqin ichimliklar ashyoviy dalil sifatida olindi.

Hozirda ushbu holat yuzasidan tekshiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

    Boshqa yangiliklar