AsosiyJamiyat

Farg`onada Latviya Oliy maktabi ochildi (foto)

'Farg`onada Latviya Oliy maktabi ochildi (foto)'ning rasmi

Farg`ona shahrida Latviyaning Axborot tizimlari menejmenti Oliy maktabi filiali ish boshladi, deb xabar bermoqda O`zA.

Mamlakatimizda turizm tarmog`i uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish, oliy ta`lim sohasida xalqaro hamkorlikni kengaytirish borasida salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda.

Mazkur filial davlatimiz rahbarining 2018 yil 26 sentyabrdagi “Latviyaning Axborot tizimlari menejmenti Oliy maktabining Farg`ona shahridagi filialini tashkil etish to`g`risida”gi qarori asosida tashkil etildi. Farg`ona davlat universitetida ish boshlagan filialda olti yo`nalishda bakalavr va ikki mutaxassislikda magistrlar tayyorlanadi.

7.JPG

– Filialga joriy o`quv yilida 125 nafar talaba qabul qilinmoqda, – deydi filial ijrochi direktori Sevara To`raqulova. – Talabalar turizmda tadbirkorlik faoliyati va uni boshqarish, mehmonxona xo`jaligini tashkil etish va boshqarish, restoran xo`jaligida tadbirkorlik faoliyati yo`nalishlari bo`yicha ta`lim oladi. O`zbekiston Respublikasi davlat ta`lim standartlari talablarini e`tiborga olgan holda, Oliy maktab tomonidan tasdiqlangan o`quv reja va dasturlar bo`yicha asosan ingliz tilida amalga oshiriladi. Filial faoliyatining asosiy yo`nalishlari etib yurtimizda turizm tarmog`ini rivojlantirish bo`yicha muhim vazifalarni hal etishga qodir bo`lgan yuqori malakali kadrlarni xalqaro ta`lim standartlari darajasida tayyorlash, turizm va mehmonxona xo`jaligi sohalarida amaliy va innovasion tadqiqotlar olib borish va boshqalar belgilangan.

16.JPG

Latviyaning Axborot tizimlari menejmenti Oliy maktabi filialida o`quv jarayoniga ilg`or pedagogik hamda axborot texnologiyalarini, fan va texnikaning eng yangi yutuqlarini joriy etish, kutubxona fondini zamonaviy o`quv, o`quv-metodik hamda ilmiy-texnik adabiyotlar bilan ta`minlash borasida ham aniq tadbirlar amalga oshirilmoqda.

6.JPG

Filial ochilishiga bag`ishlab o`tkazilgan tadbirda Farg`ona viloyati hokimi Sh.G`aniev so`zga chiqdi.

    Boshqa yangiliklar