AsosiyJamiyat

O`zbekiston bo`ylab sayohatlar uchun kreditlar ajratilmoqda

'O`zbekiston bo`ylab sayohatlar uchun kreditlar ajratilmoqda'ning rasmi

Hozirgi kunga qadar tijorat banklari tomonidan aholiga O`zbekiston bo`ylab sayyohlik turlarini sotib olish uchun jami 400,0 mln. so`mdan ortiq iste`mol kreditlari ajratilgan.

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 7 fevraldagi «Ichki turizmni jadal rivojlantirishni ta`minlash chora-tadbirlari to`g`risida»gi qarori ijrosi doirasida tijorat banklari tomonidan aholiga O`zbekiston bo`ylab sayyohlik turlarini sotib olish uchun iste`mol kreditlarini ajratish ishlari amalga oshirilib kelinmoqda, deya xabar bermoqda Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasi matbuot xizmati. Qo`mita olgan ma`lumotlarga ko`ra, hozirgi kunga qadar tijorat banklari tomonidan aholiga O`zbekiston bo`ylab sayyohlik turlarini sotib olish uchun jami 400,0 mln. so`mdan ortiq iste`mol kreditlari ajratilgan.

Ushbu iste`mol kreditlarini ajratilishi, ichki turizmni yanada rivojlantirish hamda aholini mamlakatimiz bo`ylab sayyohat qilishga bo`lgan qiziqishlari ortayotganligidan dalolat beradi.

Tijorat banklari ma`lumotlarga ko`ra, O`zbekiston bo`ylab sayyohlik turlarini sotib olish uchun ajratiladigan iste`mol kreditlari summasi 2019 yilda joriy yilga qaraganda yuqori bo`lishi kutilyapti, deb yozmoqda O`zA.

    Boshqa yangiliklar