2014 yilning 6-10 oktyabr kuni O`zbekiston Respublikasi Milliy kinologiya markazi vakillari Olmaotada MDHga a`zo davlatlar bojxona xizmatlari kinologiya tuzilmalari o`rtasida o`tkazilgan IV ko`pkurash musobaqalarida ishtirok etdi.
Ushbu musobaqada Ozarbayjon, Armaniston, Qozog`iston, Qirg`iziston va Rossiya kinologiya markazlari vakillari ham qatnashganligi ma`lum qilinmoqda.
Natijalarga ko`ra, qozog`istonliklar birinchi, rossiyaliklar ikkinchi, o`zbekistonliklar uchinchi o`rinni egalladi.





