Rossiya xalq artisti Sergey Bezrukov ikkinchi marta ota bo`ldi, deb xabar berdi TASS nashri.
Sergey Bezrukov va Anna Matison 2016 yili turmush qurishgan edi. O`sha yili ularning oilasida qizaloq dunyoga keladi.
Kuni kecha esa ularning xonadonida o`g`il farzand dunyoga keldi.
Sergey Bezrukov “Brigada”, “Uchastok”, “Usta va Margarita”, “Esenin” teleseriallari, “Soya bilan jang”, “Visoskiy. Tirikliging uchun tashakkur” kabi filmlaridagi rollari bilan mashhurdir.