Maktabgacha ta`lim sohasida davlat-xususiy sheriklik shakllarini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to`g`risidagi Hukumat qarori qabul qilindi.
Bu haqida Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanali ma`lum qildi.
Qaror bilan Xususiy sherikka tegishli er va bino-inshootlarda nodavlat maktabgacha ta`lim muassasasini tashkil etish shaklidagi davlat-xususiy sheriklikni amalga oshirish tartibi to`g`risidagi nizom tasdiqlandi.
Nizomga muvofiq, davlat xususiy sheriklik xususiy sherikning tashabbusi bilan tanlov o`tkazilmay to`g`ridan-to`g`ri muzokaralar olib borish orqali amalga oshiriladi.
Nodavlat maktabgacha ta`lim muassasasini tashkil etmoqchi bo`lgan talabgor Maktabgacha ta`lim vazirligiga ariza beradi.
Ariza 15 kunda ko`rib chiqiladi va loyihani amalga oshirish maqsadga muvofiq, deb topilsa 7 kunda amal qilish muddati 30 yil bo`lgan bitim tuziladi.
Shuningdek, hududdagi ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish, davlat sanitariya-epidemiologiya narozati organlarining maktabgacha ta`lim muassasasini qurish bo`yicha salbiy xulosalari bo`lsa, loyihalar 3 kun ichida rad etiladi.
Bundan tashqari, nizom bilan davlat-hususiy sheriklik loyihasini amalga oshirishda tomonlarning huquqlari va majburiyatlari belgilandi.






