Avval xabar qilinganidek, Qirg`izistonning Bishkek shahrida Maraziy Osiyo mintaqaviy ekologiya markazi (MOMEM)hamda YuSAID hamkorligida“Suv. Ta`lim. Hamkorlik” mavzusida xalqaro forum o`z ishini boshladi.
Bir qator xalqaro tashkilotlar mutasaddilari,O`zbekiston, Qozog`iston, Qirg`iziston, Turkmaniston, Tojikiston vaAfg`onistondan bir qator mutaxassislar, tegishli idora va tashkilotlar vakillari – jami 150 dan ortiq ishtirokchi qatnashayotgan ushbu anjumandasuv resurslaridan foydalanish bo`yicha hamkorlik masalalari atroflicha muhokama etiladi.
– Ma`lumki, suv resurslaridan oqilona foydalanish bugun sayyoramizdagi eng muhim, global muammolaridan sanaladi, - deydi MOMEMning “Suv, Ta`lim. Hamkorlik” loyihasi menejeri Ekaterina Strikeleva. Mintaqamizda Amudaryo, Sirdaryo, Zarafshon singari yirik suv havzalaridantashqari 200 dan ortiq kichik daryolar mavjud bo`lsa-da, suv tanqisligi bilan bog`liq muammolar tez-tez ko`zga tashlanmoqda. Ayniqsa, transchegaraviy daryolardan foydalanish bo`yicha mavjud muammolarni birgalikda va oqilona hal etish lozim. Bugun oltita davlatdan tashrif buyurgan vakillar ishtirokida mintaqamizdagi sakkizta kichik transchegaraviy daryolardagi vaziyat mutaxassislar ishtirokida tahlil qilinadi.
Ayni paytda Markaziy Osiyo Mintaqaviy ekologiya markazi bir qator xalqaro tashkilotlar bilan kichik suv havzalari kengashlarini tuzish bo`yicha hamkorlik qilib keladi.
Mazkur anjumanda ham mintaqadagi kichik suv havzlaridan tejamkorlik bilan, o`zaro kelishilgan holda foydalanish, turli sohalarda suvning ortiqcha isrof bo`lishiga yo`l qo`ymaslik, ushbu yo`nalishlarda innovasion uslublardan foydalanish, suv tanqisligini oldini olishda mutasaddilarning diqqat-e`tiborini kuchaytirish singari masalalarga alohida e`tibor qaratiladi.
Forumdaekspertlar, olim va mutaxassislarning ushbu yo`nalishdagi muammlarni hal etishning maqbul usullari, mintaqamizdagi Isfara, Asfana, Oqsuv, Kurkureu, Murg`ob, Yomonjar, Shahrixonsoy singarikichik daryolarning bugungi holati haqida maruzalari, ko`rgazmali chiqishlari o`rin olgan.

– Ushbu forum kun tartibiga kiritilgan kichik suv havzalaridanbiri Podsho-ota daryosi hisoblanadi, - deydi forum ishtirokchisi, Namangan viloyati Yangiqo`rg`on tumani hokimi o`rinbosari Komiljon Turdiev. – Daryo Qirg`iziston hudidan boshlanadi, O`zbekiston orqali o`tib, yana ushbu qo`shni davlat hududiga oqib kiradi. 1980 yildagi kelishuvga binoandaryo suvining 64 %idan O`zbekiston, 36 %idan esa, Qirg`iziston tomoni foydalanadi. Podsho-ota daryosi suvlaridan foydalanish bo`yicha Qirg`iziston vakillari bilan o`zaro kelishilgan holda ish olib borilmoqda. Bu forum ham bu boradagi masalalarni yanada aniqlatirishda katta samara beradi.
Forum turli tashkilotlar, davlatlar vakillari qatori o`zbekistonlik mutaxassislarning ham ma`ruzalari, ko`rgazmali chiqishlari o`rin olgan.
Rustam Jabborov,
"Darakchi" uchun maxsus Bishkek shahridan






