"PROlogue" kinofestivalining hakamlar hay`atiga Rossiya xalq artisti Sergey Shakurov rahbarlik qiladi

Madaniyat 26.11.2018, 10:34
"PROlogue" kinofestivalining hakamlar hay`atiga Rossiya xalq artisti Sergey Shakurov rahbarlik qiladi

PROlogue IV xalqaro kinofestivali direksiyasi to`liq va qisqa metrajli filmlar tanloviga hakamlik qiladigan xalqaro hakamlar hay`ati tarkibini e`lon qildi. Ular orasida Rossiya, Germaniya, AQSh, Polsha, Shveysariya, Italiya, Qozog`iston, Qirg`iziston va O`zbekistonning ko`zga ko`ringan kino ijodkorlari bor.

To`liq metrajli filmlar tanlovining xalqaro hakamlar hay`atiga mashhur teatr va kino aktyori, Rossiya xalq artisti, ko`plab mukofotlar sohibi Sergey Shakurov rahbarlik qiladi. Qozog`istondan rejissyor va ssenarist Rustam Abdrashev, teatr va kino aktyor, O`zbekiston xalq artisti Yodgor Sa`diev, rossiyalik postanovkachi operator Sergey Astaxov, AQShdan kinofestival tashkilotchisi Piter Skarlett va polshalik rejissyor Kuba Chekay ham hakamlar hay`ati tarkibiga ham kirishdi.

Qisqa metrajli filmlar tanlovining hakamlar hay`atiga taniqli o`zbek rejissyori, ko`plab xalqaro kino festivallarining laureati Ayub Shahobiddinov rahbarlik qiladi. Uning boshchiligidagi hay`at tarkibida prodyuser Fabio Kanepa (Italiya), aktyor Filipp Reynhartd (Shveysariya), postanovkachi operator Maks Tsui (Germaniya), kino eksperti va kinoshunos Gulbara Tolomushova (Qirg`iziston) o`rin olgan.

PROlogue IV Xalqaro kino festivali O`zbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan “O`zbekkino“ milliy agentligi, Toshkent shahar hokimligi, Kinematografiyani rivojlantirish markazi, Yosh kinematograflar kengashi, O`zbekiston milliy kinokomissiyasi bilan hamkorlikda tashkil etildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1