AsosiyDunyo

“River Pleyt”-“Boka Xuniors” javob matchi boshqa sanaga ko`chirildi

'“River Pleyt”-“Boka Xuniors” javob matchi boshqa sanaga ko`chirildi 'ning rasmi

Argentinaning “River Pleyt” va “Boka Xuniors” klublari o`rtasidagi Libertadores kubogi finalining javob uchrashuvi muxlislar tomonidan uyushtirilgan tartibsizliklar sababli boshqa sanaga ko`chirildi, deb xabar berdi Ria.ru nashri.

O`yin Buenos-Ayresdagi stadionida bo`lib o`tishi kerak edi. “Boka” klubi futbolchilari avtobusiga raqib jamoa muxlislari tomonidan hujum qilingan. Polisiya odamlarni tarqatish uchun rezina o`qlar, ko`zni achishtiruvchi gazlardan foydalanishga majbur bo`ldi. Ma`lumotlarga ko`ra, avtobusga tutun chiqaruvchi qurilma tushishi oqibatida ko`plab o`yinchilar is gazidan zaharlanishgan. Yana ayrim o`yinchilar ko`zidan jarohat olgan.

    Boshqa yangiliklar