AQSh prezidenti Donald Tramp agar vaziyat taqazo qilsa, noqonuniy muhojirlarga qarshi kurash maqsadida Meksika bilan chegara yopilishini ma`lum qildi, deb xabar qildi Segodnya nashri.
Donald Tramp tvitterdagi sahifasida “AQSh bunday serharajat va xavfli vaziyatga boshqa indamay turolmaydi”, deya izoh qolirgan. U mamlakatga qochqin maqomini olish huquqiga egalargina kiritilishini yana bir takrorlab o`tgan. Tramp buni hozirda Meksikada AQShga kirishga urinayotgan minglab markaziy amerikalik muhojirlar to`plangani tufayli qayd etgan.






